OZIQ-OVQAT SANOATI KORXONALARIDA TA’MINOT ZANJIRINI BOSHQARISH SAMARADORLIGINI IQTISODIY BAHOLASH USLUBIYATI
Farg‘ona davlat universiteti tayanch doktoranti
Annotatsiya
Ushbu tadqiqot ishida oziq-ovqat sanoati korxonalarida ta’minot zanjirini boshqarish samaradorligini iqtisodiy baholashning uslubiy yondashuvi ishlab chiqilgan. Ta’minot zanjiri faoliyatini kompleks baholash maqsadida ta’minot barqarorligi, zaxiralar aylanuvchanligi, logistika samaradorligi, mahsulot yo‘qotishlari va yetkazib berish ishonchliligini ifodalovchi beshta tarkibiy indeks asosida integral koeffitsiyent taklif etilgan. Indekslarni hisoblash, normallashtirish va vazn koeffitsiyentlari asosida umumiy samaradorlikni aniqlash tartibi yoritilgan. Shuningdek, integral koeffitsiyent qiymatlariga ko‘ra ta’minot zanjiri samaradorligini beshta darajaga ajratish mezonlari ishlab chiqilgan.
METHODOLOGY FOR THE ECONOMIC ASSESSMENT OF SUPPLY CHAIN MANAGEMENT EFFICIENCY IN FOOD INDUSTRY ENTERPRISES
Kalit so'zlar: oziq-ovqat sanoati, ta’minot zanjiri, iqtisodiy baholash, integral koeffitsiyent, ta’minot barqarorligi, zaxiralar aylanuvchanligi, logistika samaradorligi, mahsulot yo‘qotishlari, yetkazib berish ishonchliligi, normallashtirish.