ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni taʼminlash: global chaqiriqlar va milliy yechimlar(Fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlari: transmilliy muammolar va ularni hal etish mexanizmlari)”

YANGI TAHRIRDAGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASIDA INSON QADR-QIMMATI USTUVORLIGINING HUQUQIY ASOSLARI

Abdug‘afforova, Nazokatxon Zafarjon qizi

Farg‘ona davlat universiteti, Tarix fakulteti, milliy g‘oya,ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi 2-bosqich talabasi

2026-11-03 · pp. 471–477 · UDK 342

Annotatsiya

Mazkur maqolada yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson qadr-qimmatining oliy qadriyat sifatida e’tirof etilishi, uning konstitutsiyaviy-huquqiy mazmuni va himoya mexanizmlari tadqiq etiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi inson qadr-qimmati ustuvorligi prinsipining normativ asoslarini aniqlash, mazkur prinsipning inson huquq va erkinliklarini ta’minlashdagi ahamiyatini baholash hamda uni amaliyotga tatbiq etish bilan bog‘liq huquqiy masalalarni yoritishdan iborat. Tadqiqot davomida formal-yuridik, tizimli, qiyosiy-huquqiy va mantiqiy tahlil metodlaridan foydalanildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13, 20, 26, 54 va 55-moddalari o‘zaro bog‘liqlikda o‘rganildi. Tahlil natijasida inson qadr-qimmati konstitutsiyaviy tuzumning qadriyaviy asosi, mustaqil huquqiy himoya obyekti hamda davlat faoliyatini baholash mezoni sifatida namoyon bo‘lishi asoslandi. Shuningdek, qadr-qimmat daxlsizligini ta’minlashda huquqlarni bevosita qo‘llash, inson foydasiga talqin qilish va samarali sud himoyasi o‘rtasidagi bog‘liqlik ko‘rsatildi. Maqolada inson qadr-qimmatini himoya qilishning normativ kafolatlarini davlat organlarining amaliy faoliyati bilan uyg‘unlashtirish zarurligi ilgari suriladi. Tadqiqot xulosalari konstitutsiyaviy normalarni sharhlash, huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish va inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi keyingi ilmiy izlanishlar uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

LEGAL FOUNDATIONS OF THE PRIMACY OF HUMAN DIGNITY IN THE REVISED CONSTITUTION OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

Kalit so'zlar: Konstitutsiya, inson qadr-qimmati, oliy qadriyat, inson huquqlari, konstitutsiyaviy kafolatlar, huquqiy davlat, sud himoyasi, konstitutsiyaviy prinsip.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi