IJTIMOIY TA’MINOT HUQUQINI RAQAMLI MANZILLILIK SHAROITIDA TA’MINLASH: INKLYUZIYA VA EKSKLYUZIYA XATOLARINING SOTSIOLOGIK TAHLILI
Fargʻona davlat universiteti
Farg‘ona davlat universiteti, Sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi Sot.f.d, prof.
Annotatsiya
Maqolada raqamli reyestrlar asosida ijtimoiy yordamni manzilli taqsimlash amaliyoti Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning 9-moddasida mustahkamlangan ijtimoiy ta’minot huquqi nuqtai nazaridan sotsiologik jihatdan tahlil qilingan. Manzillilikda yuzaga keladigan ikki xil xato – yordamga loyiq bo‘lmaganlarning tizimga kiritilishi (inklyuziya xatosi) va haqiqatan muhtoj oilalarning chetda qolishi (eksklyuziya xatosi) – texnik nosozlik sifatida emas, institutsional-sotsiologik hodisa sifatida ko‘rib chiqiladi. O‘zbekistonda 2026-yil 1-fevraldan yuritila boshlangan yagona Ijtimoiy reyestr tajribasi xorijdagi “raqamli farovonlik davlati” bilan bog‘liq muammolar bilan qiyoslangan. Natijada xatolar tipologiyasi hamda huquqqa asoslangan raqamli manzillilik modelining besh tarkibiy qismi taklif etilgan.
Ensuring the Right to Social Security in the Context of Digital Targeting: A Sociological Analysis of Inclusion and Exclusion Errors
Kalit so'zlar: ijtimoiy ta’minot huquqi, raqamli manzillilik, Ijtimoiy reyestr, eksklyuziya xatosi, algoritmik boshqaruv, ko‘cha darajasidagi byurokratiya, imkoniyatlar yondashuvi, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari.