EKOLOGIK BARQAROR RIVOJLANISHDA INSON HUQUQLARINING USTUVORLIGINI TA’MINLASHNING HUQUQIY MASALALARI
Farg‘ona davlat universiteti, Huquqshunoslik fakulteti katta o‘qituvchisi
Annotatsiya
Ushbu maqolada ekologik barqaror rivojlanish sharoitida inson huquqlarining ustuvorligini ta’minlashning nazariy-huquqiy asoslari, xalqaro huquqiy standartlari va milliy qonunchilikdagi ifodasi tahlil qilinadi. Ekologik barqaror rivojlanish va inson huquqlarining o‘zaro bog‘liqligi, qulay atrof-muhitga bo‘lgan huquqning barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishdagi o‘rni hamda davlatning ushbu sohadagi konstitutsiyaviy-huquqiy majburiyatlari tadqiq etiladi. Shuningdek, ekologik siyosatni shakllantirish va amalga oshirishda inson huquqlariga asoslangan yondashuvning ahamiyati, ekologik manfaatlar bilan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish maqsadlari o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlashning huquqiy mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Xalqaro huquqiy hujjatlar va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining qiyosiy-huquqiy tahlili asosida ekologik barqaror rivojlanishda inson huquqlarining ustuvorligini ta’minlash bilan bog‘liq ayrim huquqiy muammolar aniqlanib, milliy qonunchilikni takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan ilmiy-nazariy takliflar ilgari suriladi.
LEGAL ISSUES OF ENSURING THE PRIMACY OF HUMAN RIGHTS IN ENVIRONMENTALLY SUSTAINABLE DEVELOPMENT
Kalit so'zlar: ekologik barqaror rivojlanish, inson huquqlari, inson huquqlarining ustuvorligi, qulay atrof-muhitga bo‘lgan huquq, ekologik huquqlar, barqaror rivojlanish maqsadlari, ekologik siyosat, konstitutsiyaviy kafolatlar, ekologik qonunchilik, huquqiy mexanizmlar.