QURILISH SOHASIDA LOGISTIKA TIZIMLARINI BOSHQARISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI
Farg‘ona davlat universiteti Iqtisodiyot mutaxasisligi 2-kurs magistranti
Annotatsiya
Ushbu maqola qurilish sohasidagi logistika tizimlarini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishning asosiy yo‘llarini tahlil qiladi. Qurilish jarayonlarida samarali logistika tizimi qurish va boshqarish, loyihalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun muhim omil hisoblanadi. Maqolada axborot texnologiyalaridan foydalanish, inventarizatsiyani yaxshilash, transport va yetkazib berish jarayonlarini optimallashtirish, resurslar boshqaruvi, shuningdek, ekologik va barqaror rivojlanish tamoyillariga e'tibor qaratish zarurligi ko‘rsatilgan. Boshqaruv va koordinatsiya jarayonlarini optimallashtirish hamda xarajatlarni nazorat qilish metodlari yoritilgan. Ushbu takliflar qurilish logistikasini samarali boshqarish va uning rivojlanishiga katta hissa qo‘shishi mumkin. Maqola amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, qurilish sohasidagi menejerlar, logistika mutaxassislari va loyiha boshqaruvchilari uchun foydali tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
WAYS TO IMPROVE MECHANISMS FOR MANAGING LOGISTICS SYSTEMS IN THE CONSTRUCTION SECTOR
Kalit so'zlar: qurilish logistika tizimi, logistika boshqaruvi, resurslarni boshqarish, transport va yetkazib berish, axborot texnologiyalari, xarajatlarni nazorat qilish, barqaror rivojlanish, qurilish sohasida innovatsiyalar, tizimni optimallashtirish, samarali boshqarish metodlari.