RAQAMLI PLATFORMALARDA BAND BOʻLGAN SHAXSLARNING MEHNAT VA IJTIMOIY HUQUQLARINI HIMOYA QILISH
Fargʻona davlat universiteti “Maxsus huquqiy fanlar” kafedrasi oʻqituvchisi
Annotatsiya
Maqolada muallif tomonidan raqamli mehnat platformalarida faoliyat yurituvchi shaxslarning mehnat va ijtimoiy taʼminot huquqlarini himoya qilish muammolari xalqaro hamda milliy huquq normalari asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda formal-yuridik, qiyosiy-huquqiy va tizimli talqin usullari qoʻllanilgan. Platforma operatorining boshqaruv vakolati bilan ish bajaruvchining rasmiy maqomi oʻrtasidagi nomuvofiqlik, avtomatlashtirilgan qarorlarning shaffof emasligi, ijtimoiy sugʻurta badallarining uzluksizligini taʼminlash va transchegaraviy nizolarda samarali himoyaga erishish masalalari yoritiladi. Mehnat munosabatlarini aniqlashda faktik nazorat mezonlarini qoʻllash, rad etilishi mumkin boʻlgan huquqiy prezumpsiya, inson tomonidan qayta koʻrib chiqish kafolati va shaxsga biriktirilgan sugʻurta hisobini joriy etish taklif qilinadi. Huquqiy maqomni aniqlash bilan barcha platforma ijrochilariga tatbiq etiladigan bazaviy kafolatlarni uygʻunlashtirish zarurati asoslanadi.
PROTECTION OF THE LABOUR AND SOCIAL RIGHTS OF DIGITAL PLATFORM WORKERS
Kalit so'zlar: platforma bandligi, munosib mehnat, ijtimoiy taʼminot, algoritmik boshqaruv, mehnat munosabatlari, huquqiy prezumpsiya, transchegaraviy nizo, raqamli dalil, ijtimoiy sugʻurta.