ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni taʼminlash: global chaqiriqlar va milliy yechimlar(Fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlari: transmilliy muammolar va ularni hal etish mexanizmlari)”

KORXONALARDA BOSHQARUV QARORLARINI QABUL QILISHDA SUN'IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI

Jo'rayeva, Niginaxonim Xursand qizi

Farg'ona davlat universiteti tayanch doktoranti

2026-11-02 · pp. 392–397 · DOI: 10.5281/zenodo.23885989 · UDK 004.8

Annotatsiya

Maqolada sun'iy intellekt (SI) texnologiyalarini korxonalarda boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoniga joriy etish istiqbollari va uning boshqaruv jarayonlariga ta'siri tadqiq etilgan. Boshqaruv qarorlari strategik, taktik va operativ darajalarga ajratilib, har bir darajada SIning roli — avtomatlashtirish yoki menejer imkoniyatlarini kengaytirish — asoslab berilgan. SIning rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish, nazorat va tahlil funksiyalariga ta'siri yoritilib, uning qaror qabul qilishni tezlashtirish, ish vaqtini tejash, operatsion xarajatlarni kamaytirish va qarorlar sifatini oshirishdagi imkoniyatlari ko'rsatib berilgan. Shuningdek, SIni joriy etishdagi asosiy to'siqlar — ma'lumotlarning tarqoqligi, malakali kadrlar yetishmasligi va tashkiliy tayyorgarlikning pastligi aniqlangan. "inson + SI" gibrid qaror qabul qilish modeli va SIni korxonalarda bosqichma-bosqich joriy etish bo'yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

PROSPECTS FOR USING ARTIFICIAL INTELLIGENCE IN MAKING MANAGEMENT DECISIONS IN ENTERPRISES

Kalit so'zlar: sun'iy intellekt, boshqaruv qarori, boshqaruv jarayoni, qaror qabul qilishni qo'llab-quvvatlash tizimi, mashinali o'qitish, raqamli transformatsiya, xarajatlarni optimallashtirish, oziq-ovqat sanoati

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi