MAHALLALAR IQTISODIY SALOHIYATINI OSHIRISHDA KICHIK BIZNES VA SANOAT KORXONALARINING INVESTITSION FAOLLIGIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI
Farg‘ona davlat universiteti. iqtisodiyot kafedrasi dotsenti
Farg‘ona davlat universiteti, iqtisodiyot yo‘nalishi 1-kurs magistrantlari
Annotatsiya
Maqolada Yangi O‘zbekiston sharoitida mahallalarning iqtisodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishda kichik biznes va sanoat korxonalarining investitsion faolligidan foydalanish imkoniyatlari tadqiq etiladi. Farg‘ona viloyatining 2024-yil yakunlari bo‘yicha rasmiy statistik ma’lumotlari asosida hududiy investitsiyalar, kichik biznes ishlab chiqarishi, bandlik va investitsiya loyihalari o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil qilinadi. Mahalla iqtisodiy profilini shakllantirish, mahalliy kooperatsiya zanjirlarini rivojlantirish, kichik biznesni sanoat korxonalarining ta’minot tizimiga jalb etish hamda investitsiyalar samaradorligini natijadorlik mezonlari asosida baholash bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
OPPORTUNITIES FOR USING THE INVESTMENT ACTIVITY OF SMALL BUSINESSES AND INDUSTRIAL ENTERPRISES TO ENHANCE THE ECONOMIC POTENTIAL OF MAHALLAS
Kalit so'zlar: mahalla iqtisodiyoti, kichik biznes, tadbirkorlik, sanoat korxonalari, investitsion faollik, hududiy rivojlanish, kooperatsiya, bandlik, iqtisodiy salohiyat.