ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni taʼminlash: global chaqiriqlar va milliy yechimlar(Fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlari: transmilliy muammolar va ularni hal etish mexanizmlari)”

SUN’IY INTELLEKT ASOSIDAGI EKOLOGIK MONITORING ORQALI FUQAROLARNING QULAY ATROF-MUHITGA EGA BO‘LISH HUQUQINI TA’MINLASHNING HUQUQIY MASALALARI

Qodirov, Xursanali Nurali o‘g‘li

Farg‘ona davlat universiteti, Huquqshunoslik fakulteti o‘qituvchi

2026-10-30 · pp. 344–350 · DOI: 10.5281/zenodo.23863276 · UDK 34

Annotatsiya

Maqolada sun’iy intellekt asosidagi ekologik monitoringning fuqarolarning qulay atrof-muhitga hamda uning holati to‘g‘risidagi ishonchli axborotga ega bo‘lish huquqini ta’minlashdagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonning ekologik monitoring va sun’iy intellektga doir qonunchiligini o‘zaro bog‘liq tizim sifatida baholash, mavjud huquqiy bo‘shliqlarni aniqlash hamda huquqqa asoslangan tartibga solish modelini taklif etishdan iborat. Formal-yuridik, tizimli, qiyosiy-huquqiy va funksional tahlil usullari qo‘llanildi. Natijada sun’iy intellektli ekologik monitoringning mualliflik ta’rifi ishlab chiqildi, ekologik ma’lumotlarning sifati, algoritmik tushuntiriluvchanlik, inson nazorati, jamoatchilik uchun ochiqlik va javobgarlikni birlashtiruvchi maxsus huquqiy rejim zarurligi asoslandi. Ekologik monitoring tizimlarini huquqiy xavf darajasiga ko‘ra tasniflash, ularni joriy etishdan oldin algoritmik-ekologik ta’sirni baholash, yuridik ahamiyatga ega qarorlarni faqat vakolatli shaxs tomonidan qabul qilish, fuqarolarga AI xulosasini tushuntirish va e’tiroz bildirish imkonini berish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

LEGAL ISSUES REGARDING THE ASSURANCE OF CITIZENS' RIGHT TO A FAVORABLE ENVIRONMENT THROUGH ARTIFICIAL INTELLIGENCE-BASED ENVIRONMENTAL MONITORING

Kalit so'zlar: sun’iy intellekt, ekologik monitoring, qulay atrof-muhit, ekologik axborot, algoritmik shaffoflik, inson nazorati, ma’lumotlar sifati, ekologik huquqlar, javobgarlik, prognozlash.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi