IQTISODIY, IJTIMOIY VA MADANIY HUQUQLARNI TA’MINLASH: GLOBAL CHAQIRIQLAR VA MILLIY YECHIMLAR
Farg‘ona davlat universiteti, Huquqshunoslik fakultet talabasi
Annotatsiya
Mazkur maqolada insonning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarini ta’minlashning xalqaro-huquqiy hamda milliy mexanizmlari tahlil qilinadi. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarning insonning munosib hayot kechirishi, ijtimoiy adolat va teng imkoniyatlarga ega bo‘lishi uchun fundamental ahamiyati ochib beriladi. Xususan, mehnat qilish, adolatli mehnat sharoitlariga ega bo‘lish, ijtimoiy ta’minot, uy-joy, sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniy hayotda ishtirok etish hamda ilmiy va ijodiy faoliyat erkinligi kabi huquqlarning mazmuni yoritiladi. Shuningdek, globallashuv, iqtisodiy tengsizlik, ishsizlik, kambag‘allik, ta’lim va tibbiy xizmatlardan foydalanishdagi tafovutlar kabi zamonaviy muammolar ko‘rib chiqilib, ularni bartaraf etishda davlatning konstitutsiyaviy va institutsional majburiyatlari tahlil qilinadi. O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasida mazkur huquqlarning mustahkamlanishi hamda ularni amalga oshirishning huquqiy kafolatlari alohida tahlil qilinadi.
ENSURING ECONOMIC, SOCIAL AND CULTURAL RIGHTS: GLOBAL CHALLENGES AND NATIONAL SOLUTIONS
Kalit so'zlar: iqtisodiy huquqlar, ijtimoiy huquqlar, madaniy huquqlar, inson huquqlari, ijtimoiy davlat, mehnat huquqi, ta’lim huquqi, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, madaniy meros, konstitutsiyaviy kafolatlar.