MARK TVEN ASARLARIDA INSON OBRAZI ("TOM SOYERNING BOSHIDAN KECHIRGANLARI" ASARI ASOSIDA)
Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universiteti Namangan manzili oʻqituvchisi
Annotatsiya
Jahon adabiyoti xazinasida Mark Tven (Samuel Lengxorn Klemens) oʻzining benazir uslubi, oʻtkir satirik nigohi va chuqur insonparvarlik gʻoyalari bilan beqiyos mavqega ega. Uning ijodiy merosi Amerika jamiyatining oʻziga xos xususiyatlarini, inson ruhiyatining murakkab qirralarini yorqin va haqqoniy aks ettirishi bilan nafaqat oʻz davrining, balki keyingi avlodlarning ham diqqat markazida boʻlgan. Xususan, adibning “Tom Soyerning boshidan kechirganlari” romani bolalik olamining jozibali tasviri, sarguzashtlarga boy syujeti hamda qahramonlarning teran psixologik portretlari orqali adabiyotshunoslik doiralarida ham, keng oʻquvchilar ommasi orasida ham ulkan qiziqish uygʻotgan. Mazkur asar nafaqat Amerika bolalar adabiyotining shoh asari, balki inson tabiatining universal jihatlarini ilmiy-falsafiy jihatdan oʻrganish uchun ham fundamental manba sifatida eʼtirof etiladi.
The Image of the Human Being in the Works of Mark Twain (Based on "The Adventures of Tom Sawyer")
Kalit so'zlar: Mark Tven, ijtimoiy hayot, Tom, Geklberri Fin Soyer, qiyosiy tahlil