ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni taʼminlash: global chaqiriqlar va milliy yechimlar(Fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlari: transmilliy muammolar va ularni hal etish mexanizmlari)”

O‘ZBEKISTONDA ELEKTRON TIJORAT VA RAQAMLI INFRASTRUKTURA RIVOJLANISHINING STATISTIK-QIYOSIY TAHLILI

Yo‘ldosheva, Mohlarbegim Muxtarovna

Farg‘ona davlat universiteti tayanch doktoranti

2026-10-27 · pp. 222–225 · DOI: 10.5281/zenodo.23696304 · UDK 33

Annotatsiya

Mazkur maqolada O‘zbekistonda elektron tijorat va raqamli infratuzilma rivojlanishining 2020–2025-yillardagi dinamikasi statistik-qiyosiy usulda tahlil qilingan. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining Statistika integrallashgan axborot tizimi (SIAT) ma’lumotlaridan foydalanilgan. Elektron tijorat savdo hajmi, internet tarmog‘iga ulangan abonentlar soni hamda internetga ulangan korxona va tashkilotlar ulushi o‘zaro qiyoslangan. Natijalar elektron tijorat savdo hajmi 31,47 barobar, internet abonentlari soni 1,81 barobar, internetga ulangan korxonalar ulushi esa 2,13 barobar oshganini ko‘rsatdi. Tahlil elektron tijorat rivojlanishi raqamli infratuzilmaning kengayishi bilan bir qatorda undan samarali foydalanish darajasi bilan ham bog‘liqligini ko‘rsatadi.

A STATISTICAL-COMPARATIVE ANALYSIS OF THE DEVELOPMENT OF E-COMMERCE AND DIGITAL INFRASTRUCTURE IN UZBEKISTAN

Kalit so'zlar: elektron tijorat, raqamli infratuzilma, elektron savdo, statistik dinamika, qiyosiy tahlil, raqamli iqtisodiyot, iqtisodiy samaradorlik.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi