O‘ZBEKISTONDA “YASHIL” IQTISODIYOTGA O‘TISH VA BARQAROR RIVOJLANISH: ME’YORIY-HUQUQIY ASOS HAMDA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGETIKA NATIJALARI TAHLILI
Farg’ona davlat universiteti o’qituvchisi, PhD
Iqtisodiyot yo’nalishi talabasi
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekistonda “yashil” iqtisodiyotga o‘tishning me’yoriy-huquqiy asoslari va qayta tiklanuvchi energetika natijalari tahlil qilingan. Tadqiqotda hujjatlar va statistik ma’lumotlarni qiyosiy tahlil qilish usullaridan foydalanilgan. Natijalarga ko‘ra, 2025-yilda qayta tiklanuvchi manbalarning elektr energiyasi ishlab chiqarishdagi ulushi taxminan 19,4 foizga yetgan, YaIM uglerod sig‘imi esa 2023-yilda 2010-yilga nisbatan 40,6 foizga kamaygan. Shuningdek, “yashil” iqtisodiyotga o‘tishning ekologik barqarorlik, ishonchli energiya ta’minoti va inson huquqlarini ta’minlashdagi ahamiyati yoritilgan.
TRANSITION TO A “GREEN” ECONOMY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT IN UZBEKISTAN: ANALYSIS OF THE REGULATORY-LEGAL FRAMEWORK AND OUTCOMES IN RENEWABLE ENERGY
Kalit so'zlar: “yashil” iqtisodiyot, barqaror rivojlanish, qayta tiklanuvchi energiya, energiya samaradorligi, uglerod sig‘imi, milliy belgilangan hissa (NDC).