TRANSFERT NARXLARI ORQALI FOYDANI SUN’IY KO‘CHIRISH XAVFLARINI ANIQLASH VA ULARNING OLDINI OLISH USULLARI
O‘zbekiston Milliy Metrologiya Instituti direktor o‘rinbosari, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti PhD mustaqil tadqiqotchisi
Annotatsiya
Tezisda transfert narxlari orqali soliq bazasini sun’iy kamaytirish va foydani boshqa yurisdiksiyalarga ko‘chirish xavfini aniqlash masalasi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining transfert narxlarini nazorat qilishga oid normalari, OECDning transfert narxlari bo‘yicha ko‘rsatmalari hamda amaliy risk-tahlil usullari asosida o‘rganiladi. Milliy tizimning huquqiy asoslari, kuchli jihatlari va amaliyotda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar tahlil qilinib, nazoratni riskka asoslash, hujjatlashtirishni mutanosiblashtirish, taqqoslanadigan ma’lumotlar bazasini rivojlantirish va oldindan narxlash kelishuvlari mexanizmidan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi. Transfert narxidagi har qanday farq qoidabuzarlikni anglatmasligi, yakuniy xulosa esa iqtisodiy mazmun, funksional tahlil va ishonchli dalillarga tayanishi zarurligi asoslanadi.
IDENTIFYING RISKS OF ARTIFICIAL PROFIT SHIFTING VIA TRANSFER PRICING AND METHODS FOR THEIR PREVENTION
Kalit so'zlar: transfert narxlari, soliqdan qochish, foydani ko‘chirish, o‘zaro bog‘liq shaxslar, mustaqil tomonlar tamoyili, OECD, BEPS, taqqoslanuvchanlik, nazorat qilinadigan bitim, oldindan narxlash kelishuvi.