AKSIYADORLIK JAMIYATIDA XODIMLARNI BOSHQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI
Farg‘ona davlat universiteti tayanch doktoranti
Annotatsiya
Maqolada aksiyadorlik jamiyatlarida xodimlarni boshqarish samaradorligini oshirishning nazariy asoslari, amaldagi holati va yo‘nalishlari tadqiq etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi ma’lumotlari asosida aksiyadorlik jamiyatlarining tijorat tashkilotlari tarkibidagi o‘rni, mehnat bozoridagi ish haqi dinamikasi va tarmoqlararo farqlar tahlil qilingan. «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ misolida kadrlar qo‘nimsizligi, xodimlarni o‘qitish qamrovi, ish haqi va mehnat xavfsizligi ko‘rsatkichlari baholangan. Tadqiqot natijasida korporativ boshqaruv organlari, HR-xizmati va beshta funksional quyi tizimni teskari aloqa orqali bog‘lovchi xodimlarni boshqarish modeli, samaradorlikni baholashning KPI tizimi hamda amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
WAYS TO IMPROVE THE EFFECTIVENESS OF PERSONNEL MANAGEMENT IN A JOINT-STOCK COMPANY
Kalit so'zlar: aksiyadorlik jamiyati, xodimlarni boshqarish, inson kapitali, korporativ boshqaruv, kuzatuv kengashi, KPI, kadrlar qo‘nimsizligi, motivatsiya, HR-analitika, raqamli HRM.