ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni taʼminlash: global chaqiriqlar va milliy yechimlar(Fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlari: transmilliy muammolar va ularni hal etish mexanizmlari)”

RAQAMLI PLATFORMALAR TURISTIK MAJMUALARDA DAM OLISH VA MADANIY HUQUQLARNI TA’MINLASH MEXANIZMI SIFATIDA

Sirojiddinov, Hasanjon Sayfiddin o‘g‘li; Mahmudova, Mahliyoxon Mashrabjon qizi; Maqsudova, Mumtozmahal Farhod qizi

Farg‘ona davlat universiteti, Turizm va menejment kafedrasi o‘qituvchisi
Farg‘ona davlat universiteti, Turizm va mehmondo‘stlik yo‘nalishi, 1-kurs talabasi

2026-10-21 · pp. 133–136 · DOI: 10.5281/zenodo.23533531 · UDK 34

Annotatsiya

Maqolada turistik majmualarni raqamli platformalar asosida boshqarish masalasi fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlari, xususan dam olish va madaniy hayotda ishtirok etish huquqlarini amalda ta’minlash nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt, BMT Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar qo‘mitasining 21-sonli umumiy sharhi hamda O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida”gi Qonuni qoidalari turistik majmualarning raqamli yetukligi bilan bog‘lanadi. Muallif tomonidan ishlab chiqilgan to‘rt bosqichli (0–3) raqamli yetuklik tasnifi huquqlardan foydalanish mezonlari bilan qiyoslanadi, texnologiya qabul qilishning TOE modeli esa “subyektlararo” to‘rtinchi o‘lchov bilan kengaytiriladi. Raqamli platformalar dam olish xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirishi bilan birga, raqamli tafovut orqali yangi tengsizlik manbaiga aylanishi mumkinligi asoslanadi. Ish nazariy-uslubiy xarakterga ega bo‘lib, yangi empirik natijalar taqdim etilmaydi.

DIGITAL PLATFORMS AS A MECHANISM FOR ENSURING LEISURE AND CULTURAL RIGHTS IN TOURIST COMPLEXES

Kalit so'zlar: dam olish huquqi, madaniy hayotda ishtirok etish huquqi, turistik majmua, raqamli platforma, raqamli yetuklik, raqamli tafovut, TOE modeli, inklyuziv turizm.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi