"BOLALAR SOG‘LOMLASHTIRISH OROMGOHLARINI BOSHQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INTEGRAL BAHOLASH INDEKSINI QO‘LLASH"
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi mustaqil tadqiqotchisi
Annotatsiya
bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarining boshqaruv samaradorligini moliyaviy-iqtisodiy, kadrlar, ijtimoiy-pedagogik va raqamli boshqaruv mezonlari asosida kompleks baholash usuli taklif etiladi. Ko‘rsatkichlarni tanlash, ularni yagona shkalaga keltirish, vaznlash va integral indeksni hisoblash bosqichlari izohlanadi. 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan 29 ko‘rsatkichli maʼlumot yig‘ish tizimi, 2026-yilda 1 191 nafar ota-ona ishtirokidagi so‘rovnoma va «Oromgohlar.uz» tizimida ro‘yxatga olingan 10 162 nafar nomzod to‘g‘risidagi maʼlumotlardan foydalanish imkoniyatlari hamda cheklovlari muhokama qilinadi. Indeks natijalarini boshqaruv qarorlariga tatbiq etish va ishonchliligini tekshirish yo‘nalishlari asoslanadi.
"APPLICATION OF AN INTEGRAL ASSESSMENT INDEX TO IMPROVE THE MANAGEMENT EFFICIENCY OF CHILDREN’S HEALTH CAMPS"
Kalit so'zlar: integral indeks, kompleks baholash, boshqaruv samaradorligi, meʼyorlashtirish, vazn koeffitsiyenti, pedagog kadrlar, raqamlashtirish, ijtimoiy natija.