YANGI O‘ZBEKISTONDA KEKSALARGA IJTIMOIY XIZMAT KO‘RSATISHNING INSTITUTSIONAL MODELI
Farg‘ona davlat universiteti tayanch doktoranti
Annotatsiya
Maqolada Yangi O‘zbekistonda keksalarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimining institutsional transformatsiyasi tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi 2023–2026-yillarda shakllangan yangi ijtimoiy himoya arxitekturasining asosiy tarkibiy elementlarini aniqlash, uni Yaponiya va Shvetsiya tajribasi bilan qiyoslash hamda milliy sharoitga mos takomillashtirish mexanizmlarini taklif etishdan iborat. Tadqiqotda institutsional tahlil, normativ-huquqiy hujjatlar kontent-tahlili, qiyosiy benchmarking va nazariy sintez metodlaridan foydalanildi. Natijalar O‘zbekistonda model “institutsional konsolidatsiya – mahallada ehtiyojni aniqlash – individual baholash – keys-menejment – idoralararo xizmat – monitoring” zanjiri asosida shakllanayotganini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, gerontologik baholashni standartlashtirish, yagona mas’ul keys-menejer institutini kuchaytirish, aging in place xizmatlarini kengaytirish va natijalarni funksional qobiliyat hamda avtonomiya orqali baholash zarurligi asoslandi. Muallif tomonidan keksalarga xizmat ko‘rsatishning yetti bo‘g‘inli integratsiyalashgan institutsional modeli taklif etiladi.
THE INSTITUTIONAL MODEL OF PROVIDING SOCIAL SERVICES TO THE ELDERLY IN NEW UZBEKISTAN
Kalit so'zlar: ijtimoiy xizmat, keksa inson, institutsional model, ijtimoiy ish, keys-menejment, integratsiyalashgan xizmat, aging in place.