FARG'ONA VILOYATI TUMANLARIDA SUV STRESSI VA TANQISLIGI KO'RSATKICHLARINI FALKENMARK METODOLO-GIYASI ASOSIDA SUB-REGIONAL TAHLIL QILISH
Fargʻona Davlat universiteti geografiya kafedrasi tayanch doktoranti
Annotatsiya
Suv hayotni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan va kundalik asosiy faoliyatlarni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tabiiy resursdir. Yer yuzasining katta qismini suv egallagan bo‘lsa-da, inson faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan chuchuk suvning mavjudligi cheklangan bo‘lib, bu suvni tanqis resursga aylantiradi Ushbu tadqiqotda global miqyosda keng qo'llaniladigan Falkenmark suv stressi ko'rsatkichi (Falkenmark Indicator) Farg'ona viloyatining sub-regional (tumanlar) darajasiga moslashtirilgan holda tahlil qilingan. Tadqiqot ob'yekti sifatida viloyatning 15 ta tumani va 2 ta shahri olingan bo'lib, ularning 2020 va 2025-yillardagi eng kritik Sug'orish davridagi (aprel-sentabr oylari) haqiqiy suv iste'moli dinamikasi o'rganilgan. Natijalar shuni ko'rsatadiki, demografik o'sish va suv resurslarining kamayishi fonida Farg'ona viloyatining deyarli barcha tumanlari xalqaro me'yorlar bo'yicha 'Surunkali suv tanqisligi' va 'Mutlaq og'ir suv taqchilligi' guruhlariga kiradi
Sub-regional Analysis of Water Stress and Scarcity Indicators in the Districts of Fergana Region Based on the Falkenmark Methodology
Kalit so'zlar: Falkenmark indeksi, Fizik va iqtisodiy suv tanqisligi, Suv stressi indeksi, Farg'ona vodiysi, vegetasiya davri, sub-regional tahlil