ERKIN VOHIDOVNING “RUHLAR ISYONI” DOSTONIDA XRONOTOPLAR TIZIMI
Farg‘ona davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi, PhD
Annotatsiya
Maqolada O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning bengal shoiri Qozi Nazrul Islom hayotiga bag‘ishlangan “Ruhlar isyoni” dostonidagi xronotop shakllari M.M.Baxtin nazariyasi va B.To‘rayeva taklif etgan tipologiya asosida tadqiq etildi. Dostonning 14 qismdan iborat tarkibi xronotopik jihatdan tasniflanib, fasl va rivoyatlarning navbatlashuvi tarixiy va abadiy zamon rejalarini almashtirib turuvchi kompozitsion mexanizm ekani asoslandi. Asarda real-tarixiy, zindon (yopiq makon), vizioner-psixologik, afsonaviy-folklorik, tarixiy-retrospektiv, vertikal-kosmik va muallif hozirgi zamoni xronotoplari ajratilib, ularning g‘oyaviy-badiiy vazifasi ochib berildi.
The System of Chronotopes in Erkin Vohidov’s Epic Poem “Ruhlar Isyoni”
Kalit so'zlar: Erkin Vohidov, “Ruhlar isyoni”, doston, xronotop, badiiy zamon, badiiy makon, zindon xronotopi, rivoyat, tarixiy xronotop, afsonaviy xronotop, Nazrul Islom, kompozitsiya.