ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni taʼminlash: global chaqiriqlar va milliy yechimlar(Fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlari: transmilliy muammolar va ularni hal etish mexanizmlari)”

O‘ZBEKISTON HUDUDLARINING LOGISTIKA SALOHIYATINI STATISTIK VA MASHINALI O‘QITISH USULLARI ASOSIDA BAHOLASH: IQTISODIY HUQUQLARNI TA’MINLASHDAGI HUDUDIY TAFOVUTLAR

Oripov, Abdumalik Abdusalomovich; Ibroximov, Muhammadsodiq Xokim o‘g‘li

Farg‘ona davlat universiteti,Iqtisodiyot kafedrasi mudiri,
Farg‘ona davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti, Statistika mutaxassisligi talabasi

2026-11-14 · pp. 1–11 · DOI: 10.5281/zenodo.23282061 · UDK 33

Annotatsiya

Maqolada O‘zbekistonning 14 ta hududiy birligi logistika salohiyati Statistika agentligining SIAT bazasidagi 2015–2025-yillar rasmiy ma’lumotlari asosida baholandi. Transport xizmatlari, avtomobil transporti yuk aylanmasi, internet abonentlari, kichik tadbirkorlik subyektlari va eksport hajmi aholi soniga nisbatlandi, so‘ng bosh komponentlar tahlili (PCA) yordamida LPI-UZ kompleks indeksi tuzildi va hududlar K-means usulida klasterlandi. 2025-yilda birinchi bosh komponent umumiy dispersiyaning 79,8 foizini tushuntirdi (KMO = 0,784). Indeks bo‘yicha Toshkent shahri (100,0) va Navoiy viloyati (63,1) yetakchilik qiladi, Qashqadaryo (2,1) va Surxondaryo (0,0) viloyatlari oxirgi o‘rinlarda turibdi. Uch klasterli yechimda aholining 75,0 foizi yashaydigan 10 ta hudud bitta “rivojlanayotgan” guruhga tushdi. 2015–2025-yillarda internet qamrovi bo‘yicha hududiy tafovut (variatsiya koeffitsiyenti) 82,2 foizdan 51,7 foizga qisqardi, transport xizmatlari bo‘yicha esa 57,2 foizdan 90,5 foizga kengaydi. Natijalar Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktdagi kamsitmaslik va bosqichma-bosqich ro‘yobga chiqarish tamoyillari nuqtai nazaridan talqin qilindi.

Assessing the Logistics Potential of Uzbekistan’s Regions Using Statistical and Machine Learning Methods: Regional Disparities in Ensuring Economic Rights

Kalit so'zlar: logistika salohiyati, hududiy tafovut, kompleks indeks, bosh komponentlar tahlili, K-means, iqtisodiy huquqlar, O‘zbekiston.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi