INKLYUZIV TA’LIM MUHITIDA IJTIMOIY FAOLLIKNI SHAKLLANTIRISH IMKONIYATLARI VA MUAMMOLARI
Annotatsiya
Ushbu maqolada inklyuziv ta’lim muhitida o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini shakllantirish jarayoni, uning imkoniyatlari va mavjud muammolari yoritilgan. Inklyuziv ta’limning asosiy maqsadi — barcha bolalarga, jumladan jismoniy yoki psixologik cheklovlarga ega o‘quvchilarga teng ta’lim imkoniyatlarini yaratish va ularni jamiyat hayotida faol ishtirok etishga rag‘batlantirishdan iboratdir. Maqolada ijtimoiy faollikni rivojlantirishda pedagogik yondashuvlar, psixologik qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda sinfdagi ijobiy ijtimoiy muhitning ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, amaliyotda uchraydigan muammolar — o‘qituvchilarning tayyorgarlik darajasi, ota-onalar bilan hamkorlikning yetarli emasligi va infratuzilma cheklovlari kabi omillar ham ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, inklyuziv muhitda ijtimoiy faollikni samarali shakllantirish uchun individual yondashuv, ijtimoiy-psixologik treninglar va jamoaviy o‘yin texnologiyalarini qo‘llash muhim omil sifatida tavsiya etiladi.
This article highlights the process of fostering students' social activity in an inclusive educational environment, its opportunities, and existing challenges. The main goal of inclusive education is to create equal educational opportunities for all children, including those with physical or psychological limitations, and to encourage their active participation in social life. The article analyzes pedagogical approaches to developing social activity, psychological support mechanisms, and the importance of a positive social atmosphere in the classroom. Additionally, practical challenges such as teachers’ preparedness, insufficient cooperation with parents, and infrastructure limitations are discussed. Based on the research findings, individual approaches, socio-psychological trainings, and team game technologies are recommended as key factors for effectively shaping social activity in an inclusive environment.
Kalit so'zlar: Inklyuziv ta’lim, ijtimoiy faollik, pedagogik yondashuv, psixologik qo‘llab-quvvatlash, integratsiya, o‘qituvchi kompetensiyasi, ta’lim muhiti, hamkorlik.