INKLYUZIV TA’LIM SHAROITIDA O‘QUVCHILARDA VATANPARVARLIK RUHINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada inklyuziv ta’lim tizimida o‘quvchilarda vatanparvarlik ruhini shakllantirishning pedagogik, psixologik va ma’naviy asoslari tahlil qilingan. Unda turli ehtiyojlarga ega o‘quvchilarni yagona ta’lim muhitida birlashtirish orqali ularning milliy qadriyatlarga hurmat, o‘z yurtiga sadoqat, ijtimoiy faollik va fuqarolik mas’uliyatini rivojlantirish yo‘llari yoritilgan. Shuningdek, maqolada inklyuziv ta’lim jarayonida vatanparvarlik tarbiyasining samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi pedagogik yondashuvlar, interfaol metodlar hamda ta’lim mazmunining insonparvarlik tamoyillari bilan uyg‘unlashuvi ilmiy asosda tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari inklyuziv ta’lim sharoitida ijtimoiy moslashgan, vataniga mehr qo‘ygan, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega shaxsni tarbiyalashning nazariy va amaliy ahamiyatini ochib beradi.
Kalit so'zlar: inklyuziv ta’lim, vatanparvarlik tarbiyasi, ijtimoiy faollik, pedagogik yondashuv, shaxs rivoji, milliy qadriyatlar, ta’lim muhitining insonparvarligi.