TALABALARNING REFLEKSIV KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHDA ETNOPEDAGOGIK RESURSLARNING O‘RNI
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Annotatsiya
Ushbu maqolaning maqsadi talabalarning refleksiv kompetentligini shakllantirishda etnopedagogik resurslardan samarali foydalanishning nazariy va amaliy asoslarini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda tahlil, taqqoslash, kuzatish va pedagogik tajriba metodlaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, etnopedagogik qadriyatlar asosida tashkil etilgan o‘quv jarayonida talabalar o‘z-o‘zini anglash, tahlil qilish, baholash va o‘z ustida ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Shuningdek, milliy an’ana va urf-odatlarga tayangan holda olib borilgan faoliyat talabalarning kasbiy o‘sish motivatsiyasini, refleksiv fikrlashini va pedagogik madaniyatini mustahkamlaydi. Xulosa sifatida, etnopedagogik resurslardan foydalanish ta’limda refleksiv kompetentlikni shakllantirishning samarali vositasi ekanligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
The purpose of this study is to identify the theoretical and practical foundations for developing students’ reflective competence through ethnopedagogical resources. The research employed analysis, comparison, observation, and pedagogical experiment methods. The results revealed that the use of ethnopedagogical values fosters students’ abilities for self-awareness, self-analysis, and continuous improvement. Learning activities based on national traditions enhance students’ professional growth motivation, reflective thinking, and pedagogical culture. In conclusion, the study substantiates that ethnopedagogical resources serve as an effective pedagogical tool for fostering reflective competence in higher education.
Kalit so'zlar: refleksiv kompetentlik, etnopedagogika, milliy qadriyatlar, o‘z-o‘zini anglash, refleksiya, kasbiy o‘sish, pedagogik madaniyat, innovatsion yondashuv, ma’naviyat, an’ana.