ETNOPEDAGOGIK RESURSLARDAN SAMARALI FOYDALANISH ISTIQBOLLARI VA MEXANIZMLARI
Fargʻona davlat universiteti maktabgacha ta’lim kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari; Fargʻona davlat universiteti talabasi
Annotatsiya
Mazkur ilmiy ishda etnopedagogik resurslardan samarali foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinib, ularning ta’lim-tarbiya tizimidagi o‘rni chuqur yoritilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi – milliy qadriyatlar, urf-odatlar va xalq pedagogikasiga xos boy merosni zamonaviy ta’lim texnologiyalari bilan uyg‘unlashtirish orqali yosh avlodning ma’naviy va madaniy kamolotini ta’minlashdir. Metodologik asos sifatida tarixiy-tahliliy, tizimli yondashuv hamda qiyosiy pedagogik tahlil usullari qo‘llanilgan. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, etnopedagogik resurslardan maqsadli foydalanish o‘quvchilarda milliy o‘zlikni anglashni, ijtimoiy faollikni va ijodiy tafakkurni rivojlantiradi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi shundaki, unda etnopedagogik resurslar ta’lim jarayoniga integratsiyalashning amaliy modeli ishlab chiqilgan. Ish natijalari ta’lim tizimini milliy qadriyatlarga asoslangan holda takomillashtirish uchun nazariy va amaliy asos yaratadi.
This scientific study provides a comprehensive analysis of the theoretical and practical dimensions of effectively utilizing ethnopedagogical resources within the educational system. The main objective is to integrate national values, customs, and the rich heritage of folk pedagogy with modern educational technologies to ensure the moral and cultural development of the younger generation. The methodological framework is based on historical-analytical, systemic, and comparative pedagogical approaches. The findings indicate that purposeful use of ethnopedagogical resources enhances students’ national identity, social activity, and creative thinking. The scientific novelty of the research lies in the development of a practical model for integrating ethnopedagogical components into the educational process. The results serve as a valuable theoretical and practical foundation for improving the national education system through culturally grounded pedagogy.
Kalit so'zlar: etnopedagogika, milliy qadriyatlar, xalq an’analari, pedagogik resurslar, ta’lim samaradorligi, tarbiyaviy mexanizmlar, madaniy meros, innovatsion yondashuv.