XORIJIY TIL O’QITUVCHILARINING KREATIV KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA TOPSHIRIQQA ASOSLANGAN MASHQLARINING O’RNI
Annotatsiya
Ushbu maqolada xorijiy til o‘qituvchilarining kreativ kompetensiyasini rivojlantirishda topshiriqqa asoslangan mashqlarning (Task-Based Learning – TBLT) o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi – ijodiy tafakkur, muammoli vaziyatlarni hal etish qobiliyati va muloqot samaradorligini oshirishda TBLT metodikasining nazariy va amaliy jihatlarini aniqlashdir. Maqolada topshiriqqa asoslangan yondashuvning o‘quvchilarda ijodiylikni shakllantirish, muloqot jarayonida mustaqil fikrlashni rivojlantirish hamda madaniyatlararo kompetensiyani oshirishdagi samaradorligi ilmiy asosda yoritilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, topshiriqqa asoslangan mashqlar xorijiy til o‘qituvchilarining kreativ salohiyatini faollashtiradi, ularda interaktiv muloqot, innovatsion yondashuv va o‘z fikrini erkin ifodalash ko‘nikmalarini kuchaytiradi.
This article analyzes the role of task-based learning (TBLT) in developing foreign language teachers’ creative competence. The main goal of the research is to determine the theoretical and practical aspects of the TBLT methodology in enhancing creative thinking, problem-solving skills, and communicative effectiveness. The findings show that task-based activities stimulate teachers’ creative potential, strengthen their intercultural communication, foster innovative approaches, and promote confident self-expression.
Kalit so'zlar: Topshiriqqa asoslangan ta’lim, kreativ kompetensiya, muloqot, ijodiy fikrlash, TBLT.