OLIY TA’LIM MUASSASALARI KAFEDRALARINIG FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH MEXANIZMLARI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Annotatsiya
Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalari kafedralari faoliyati samaradorligini oshirishning dolzarb masalalari tahlil qilingan. Kafedralarning ta’lim, ilmiy-tadqiqot, innovatsion va tashqi hamkorlik faoliyati zamonaviy talablar asosida qayta ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot davomida kafedralarning tashkilotchi va boshqaruvchilik salohiyati, ilmiy faoliyati, raqamli texnologiyalardan foydalanish darajasi, ichki monitoring tizimining holati va tashqi aloqalari chuqur tahlil qilindi. Ular asosida samaradorlikni oshirishga qaratilgan beshta asosiy mexanizm taklif etildi: strategik boshqaruv, ilmiy salohiyatni faollashtirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, monitoring tizimini kuchaytirish va tashqi hamkorlikni rivojlantirish.
This article explores the mechanisms for improving the efficiency of departments within higher education institutions. The role of departments in education, scientific research, innovation, and external cooperation is analyzed based on modern requirements. The study examines organizational and managerial issues, the scientific potential of departments, the level of digital technology integration, internal monitoring systems, and the state of external partnerships. Based on the analysis, five key mechanisms for improving departmental effectiveness are proposed: strategic management, activation of scientific potential, integration of innovative technologies, enhancement of monitoring systems, and development of external cooperation.
Kalit so'zlar: kafedra, oliy ta’lim, samaradorlik, boshqaruv, innovatsiya, ilmiy-tadqiqot, strategik rejalashtirish, monitoring, raqamli ta’lim, tashqi hamkorlik.