INKLYUZIV TA’LIM TIZIMIDA IJTIMOIY FAOLLIKNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK AHAMIYATI
Pedagogika- psixologiya va san’atshunoslik fakulteti; Pedagogika yo’nalishi 1-kurs talabasi
Annotatsiya
Ushbu tezisda inklyuziv ta’lim muhitida ijtimoiy faollikni shakllantirish imkoniyatlari va muammolari haqida so’z yuritiladi. Inklyuziv ta’lim nafaqat nogironligi bo’lgan o’quvchilar, balki barcha o’quvchilar uchun adolatli va samarali ta’lim olish imkonini beradi. Tadqiqot davomida o’qituvchilar malakasi, oilaviy hamkorlik, raqamli texnologiyalar va ijtimoiy loyihalarning ahamiyati yoritilgan bo’lib, resurs yetishmovchiligi va jamiyatdagi qarashlar esa asosiy muammolar sifatida qayd etilgan.
Kalit so'zlar: inklyuziv ta’lim, ijtimoiy faollik, imkoniyatlar , muammolar, integratsiya, hamkorlik pedagogikasi, ota-ona, o’quvchi, ta’lim texnologiyalari.