INGLIZ TILI O‘QITISHDA SUN’IY INTELEKT VA CHATGPTDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada ingliz tili sohasida sun’iy intellekt (AI) texnologiyalarining, xususan ChatGPT dasturining o‘rni va imkoniyatlari tahlil qilinadi. ChatGPT orqali o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish, grammatik ko‘nikmalarini mustahkamlash, og‘zaki va yozma nutqni rivojlantirish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, sun’iy intellekt yordamida individual yondashuvni amalga oshirish va o‘qituvchi ishini samarali tashkil etishning afzalliklari ko‘rsatib berilgan.
This article examines the role and opportunities of artificial intelligence (AI) technologies, particularly ChatGPT, in English language teaching. It explores how ChatGPT can enhance learners’ vocabulary, grammar, speaking, and writing skills. The study also highlights the advantages of using AI to implement individualized learning approaches and improve teachers’ efficiency. Hozirgi shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda ingliz tili xalqaro muloqot, fan va texnologiya tili sifatida muhim o‘rin tutib kelmoqda. Shu bois, til o‘qitish jarayonini samarali tashkil etish o‘qituvchilarning asosiy vazifasiga aylangan. So‘nggi yillarda sun’iy intellekt (AI) texnologiyalarining ta’lim sohasiga kirib kelishi, ayniqsa ChatGPT kabi interaktiv vositalar ingliz tili o‘qitish jarayonida yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda. 1. Sun’iy intellektning ta’limdagi o‘rni Sun’iy intellekt o‘quv jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro aloqani kuchaytiruvchi, mustaqil o‘rganish imkoniyatini kengaytiruvchi vosita sifatida e’tirof etilmoqda. AI o‘quvchilarning ehtiyojlari, darajasi va qiziqishlarini inobatga olgan holda individual yondashuvni ta’minlaydi. Shu o’rinda davlatimiz rahbari tomonidan “ Bugun insoniyat yangi svilizatsiya bosqichiga – sun’iy intellekt davrida dadil qadam qo’ymoqda. Qaysi soha bo’lmasin