ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

Inklyuziv transformatsiya sharoitida talabalar ijtimoiy faolligini etnopedagogik manbaalar vositasida shakllatirish tendensiyalari: muammo, yechimlar

TALABALARDA PEDAGOGIK TEXNIKA MAHORATINI SHAKLLANTIRISHDA ETNOPEDAGOGIK RESURSLARNING O‘RNI

Karimova, M. O.; Rustamova, N.A.

pedagogika nazariyasi va tarixi yo‘nalishi 2-kurs magistranti

2025-10-25 · pp. 78–82 · DOI: 10.5281/zenodo.21742799 · UDK 378

Annotatsiya

Mazkur tezis talabalarda pedagogik texnika mahoratini shakllantirishda etnopedagogik resurslarning pedagogik va tarbiyaviy ahamiyatini o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqotda afsonalar, rivoyatlar, maqollar, ertaklar, xalq qo‘shiqlari va o‘yinlar talabalarda axloqiy qadriyatlarni rivojlantirish, jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlash, ijodiy fikrlash va pedagogik qarorlar qabul qilish qobiliyatini oshirishdagi roli tahlil qilindi. Shuningdek, tezisda etnopedagogik resurslarni darslarda va madaniy tadbirlarda integratsiya qilish orqali pedagogik texnika mahoratini oshirish metodlari ko‘rib chiqildi. Tadqiqot natijalari pedagogik amaliyotda etnopedagogik resurslardan foydalanishning samaradorligini tasdiqlaydi.

This thesis focuses on the pedagogical and educational significance of ethnopedagogical resources in developing students’ pedagogical skills. The study analyzes the role of fairy tales, legends, proverbs, folk songs, and games in fostering moral values, teamwork skills, creative thinking, and decision-making abilities among students. Furthermore, it examines methods for integrating ethnopedagogical resources into lessons and cultural activities to enhance pedagogical competence. The research results confirm the effectiveness of using ethnopedagogical resources in educational practice.

Kalit so'zlar: Pedagogik texnika, etnopedagogik resurs, ijtimoiy faollik, axloqiy qadriyatlar, ijodiy fikrlash.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi