INKLYUZIV TA’LIM SHAROITIDA O‘QUVCHILARNING IJTIMOIY FAOLIYATINING NAZARIY VA USLUBIY ASOSLARI
Annotatsiya
Mazkur ilmiy ishda inklyuziv ta’lim sharoitida o‘quvchilarning ijtimoiy faoliyatini rivojlantirishning nazariy va uslubiy asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda muammoning dolzarbligi shundan iboratki, inklyuziv ta’lim tizimida o‘quvchilarning shaxsiy faolligini, ijtimoiy moslashuvini va jamiyat hayotida ishtirok etish qobiliyatini rivojlantirish mexanizmlari yetarlicha ishlab chiqilmagan. Metodologik asos sifatida tizimli, shaxsga yo‘naltirilgan va faoliyatga asoslangan yondashuvlar qo‘llanilgan. Tadqiqot natijalari o‘quvchilarda ijtimoiy mas’uliyat, muloqot madaniyati hamda jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishning samarali pedagogik shartlarini aniqlash imkonini berdi. Umumiy xulosa sifatida aytish mumkinki, inklyuziv ta’lim jarayonida ijtimoiy faoliyatni rivojlantirish o‘quvchilarning ijtimoiy integratsiyasi, o‘ziga ishonchi va hayotiy kompetensiyalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
This research examines the theoretical and methodological foundations of developing students’ social activity within the framework of inclusive education. The relevance of the study lies in the insufficient development of mechanisms aimed at enhancing social participation, responsibility, and adaptive behavior of students with diverse educational needs. The methodological basis integrates systemic, learner-centered, and activity-based approaches. The findings identify effective pedagogical conditions that promote social engagement, interpersonal communication, and integration in inclusive learning environments. Overall, the study contributes to improving inclusive education practices and strengthening students’ self-confidence, independence, and social competence.
Kalit so'zlar: inklyuziv ta’lim, ijtimoiy faoliyat, pedagogik yondashuv, integratsiya, metodologiya, shaxs rivoji, ijtimoiy kompetensiya.